» » Angren—Pop temir yo‘li qurilishida 2015-yil boshidan beri 186,7 million dollar o‘zlashtirildi

Скачать Angren—Pop temir yo‘li qurilishida 2015-yil boshidan beri 186,7 million dollar o‘zlashtirildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Angren—Pop temir yo‘li qurilishida 2015-yil boshidan beri 186,7 million dollar o‘zlashtirildi

 

Angren—Pop temir yo‘li qurilishida 2015-yil boshidan beri 186,7 million dollar o‘zlashtirildi

 

Ayni vaqtda O‘zbekistonning yagona temir yo‘l tizimini yaratishning navbatdagi bosqichi sifatida yana bir yirik inshoot – Angren—Pop yangi elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishi jadal davom ettirilmoqda, deb yozadi O‘zA.

Mazkur temir yo‘l liniyasi qurilishini amalga oshirish maqsadida joriy yilning o‘tgan davrida 186,7 million dollar o‘zlashtirildi. Bugungi kungacha 285 ta suv va 6 ta yo‘l o‘tkazgich, 13 temir yo‘l ko‘prigi, “Orzu” vokzali, “Ko‘l”, “Temiryo‘lobod”, “Qo‘shminor” stansiyalari qurib bitkazildi. Bunyodkorlik ishlarida 4 ming 250 dan ortiq mutaxassis, 720 dan ortiq texnika vositalari kuchidan unumli foydalanilayotir.

Qamchiq dovonida xitoylik hamkorlar tomonidan 19,1 kilometrlik tunnelni qurish ishlari jadal davom ettirilmoqda. Asosiy tunnelda shu kungacha qariyb 13 kilometr, qo‘shimcha tunnelda 14 kilometr qazish ishlari bajarildi. Tunnelning 8 ming 600 metrlik qismida pardozlash ishlari amalga oshirildi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, ushbu tunnel jahon reytingida tog‘li hududlarda joylashgan tunnellar orasida 8-o‘rinda, tunneldagi temir yo‘l polotnosi uzunligi bo‘yicha esa 13-o‘rinda turadi.

Ushbu temir yo‘l tarmog‘ining ishga tushirilishi Farg‘ona vodiysini O‘zbekistonning markaziy qismi bilan bog‘lash imkonini yaratadi. Shu bilan birga, O‘zbekiston hududi bo‘ylab yagona temir yo‘l tizimini shakllantirish ishlari yakuniga yetkazilib, Xitoy – Markaziy Osiyo – Yevropa yangi xalqaro tranzit temir yo‘l koridorining muhim bo‘g‘ini bo‘lib xizmat qiladi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.