» » Rossiyalik fermer ayol sud ijrochilarini hosil o‘g‘irlashda aybladi

Скачать Rossiyalik fermer ayol sud ijrochilarini hosil o‘g‘irlashda aybladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Rossiyalik fermer ayol sud ijrochilarini hosil o‘g‘irlashda aybladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinga videomurojaat qilgan kursklik fermer ayol Anastiya Dolgopolovaning ma’lum qilishicha, hosilining bir qismini sud ijrochilari o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

 

Rossiyalik fermer ayol sud ijrochilarini hosil o‘g‘irlashda aybladi

 

 

“Men yo‘g‘imda, mening ruxsatimsiz, meni ogohlantirmasdan kombayn kelgan. Aytishlaricha, odamlar kelib, “KamAZ”larga g‘allani ortib, qaytib ketgan. Kelganlar sud ijrochilari bo‘lgan. Ular taxminan ikki gektar maydondan hosilimni o‘g‘irlab ketdi”, — dedi Dolgopolova.

Fermer ayolning qo‘shimcha qilishicha, u yordam so‘rab huquqshunoslarga murojaat qilgan. O‘z navbatida, Kursk viloyati bosh sud ijrochisi yordamchisi Olga Dubininaning ma’lum qilishicha, ijrochilar ayolning dalasiga bormagan va hech narsani olib ketmagan.

Anastasiya Dolgopolova avvalroq videomurojaat e’lon qilib, hosilni yig‘ib olish uchun puli va imkoniyati yo‘qligi, shu sabab dalani yoqib yuborishi bilan tahdid qilgandi. Keyinroq Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putinga qaratilgan videomurojaatdagi axborot tekshirilgani va aksariyat o‘rinlari haqiqatga mos kelmasligini ma’lum qilgandi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.