» » AQShda 11 yoshli bola uch yoshli chaqaloqni o‘ldirishda ayblandi

AQShda 11 yoshli bola uch yoshli chaqaloqni o‘ldirishda ayblandi

AQShda 11 yoshli bolaga nisbatan uch yoshli chaqaloqni bexosdan o‘ldirib qo‘yganlik holati bo‘yicha ayblov e’lon qilindi. The Huffington Post xabariga ko‘ra, hodisa Detroyt shahri chekkasida yuz bergan.

 

AQShda 11 yoshli bola uch yoshli chaqaloqni o‘ldirishda ayblandi

 

Politsiyachilarning so‘zlariga ko‘ra, ismi oshkor etilmayotgan bola otasinikiga mehmonga kelgan. Otasining yotog‘idan to‘pponcha topib olgan bola uch yoshli Elayja Uolker o‘tirgan mashinaga yaqinlashib kelib, uning yuziga qarata o‘t ochgan.

Hodisa sabablari o‘rganilmoqda. Davlat ayblovchisi Kim Uorsining so‘zlariga ko‘ra, o‘smir bola to‘pponchadan qasddan o‘t ochgan, biroq uning harakati qotillikka sabab bo‘lishi haqida o‘ylab ko‘rmagan.

Hozirgi vaqtda 11 yoshli bola voyaga yetmagan jinoyatchilarni vaqtincha saqlash markazida ushlab turilibdi.

 



Manba: daryo.uz





Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.