» » Daniyalik o‘smir Ronalduga o‘xshash uchun ming yevro sarfladi

Daniyalik o‘smir Ronalduga o‘xshash uchun ming yevro sarfladi

Shanta ismli daniyalik 16 yoshli bola portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduning ashaddiy ishqibozi va uning haqiqiy nusxasi bo‘lishni orzu qiladi. “Vesti.ru”ning yozishicha, o‘smir o‘z maqsadiga yetish yo‘lida pulni ham, vaqtni ham ayamaydi, hatto, plastik jarrohlik uchun ming yevro sarfladi.

 

Daniyalik o‘smir Ronalduga o‘xshash uchun ming yevro sarfladi

 

Madridga so‘nggi safari arafasida Shanta familiyasini Ronaldu deb o‘zgartirishgacha bordi. Shantaning so‘zlariga ko‘ra, u mashhur futbolchidek ko‘rinish va kiyinish uchun juda ko‘p pul sarflaydi. Bundan tashqari, u Ronaldu bilan ko‘rishgani tez-tez Ispaniyaga borib turadi va u bilan shaxsan tanishligidan faxrlanadi.

“Ronaldu ajoyib yigit. U hozir meni taniydi va biz har doim iliq suhbatlashamiz. Uning boy ekanligi, sog‘lomligi, omadli, ko‘rkamligi va haqiqiy hayot bilan yashashi menga yoqadi”, — deydi Shanta.

O‘smirning so‘zlariga ko‘ra, Shantaning yaqinlari uning qiziqishlarini hurmat qiladi. “Ular hatto meni Krishtianu Ronaldu deb ham chaqiradi”, — dedi daniyalik yigitcha.

 



Manba: daryo.uz





Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.