» » O‘zbekistonga shokolad ichida diniy mazmundagi taqiqlangan ma’lumotlar solingan “fleshka”larni olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Скачать O‘zbekistonga shokolad ichida diniy mazmundagi taqiqlangan ma’lumotlar solingan “fleshka”larni olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbekistonga shokolad ichida diniy mazmundagi taqiqlangan ma’lumotlar solingan “fleshka”larni olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Uyali telefon xotirasida taqiqlangan va ruxsat etilmagan diniy mazmundagi materiallarni olib kirishga urinayotgan shaxslar ham uchrab turibdi. Birgina Andijon viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan 2015-yilning birinchi yarmi davomida huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda aniqlangan 95 ta qonunbuzarlik holatlarida qonunbuzarlar tomonidan 390 ta diniy ekstremistik va aqidaparastlik ruhidagi hamda boshqa taqiqlangan materiallarning respublika hududiga olib kirilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

O‘zbekistonga shokolad ichida diniy mazmundagi taqiqlangan ma’lumotlar solingan “fleshka”larni olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

 

Jumladan, joriy yilning 3-aprel kuni Andijon aeroportida bojxonachilar tomonidan Sankt-Peterburgdan uchib kelgan namanganlik S.Nishonovga tegishli qo‘l va bagaj yuklari bojxona tekshiruvidan o‘tkazilganida, yuklar orasidagi shokoladlar tasviri nazorat-rentgen apparatida shubhali tarzda aks etdi.

Shundan so‘ng, bojxonachilar tomonidan mazkur shokoladlar o‘ramlari xolislar ishtirokida ochib ko‘rilganda, 1 dona shokoladga uning rangiga mos bo‘lgan va ko‘z ilg‘amas hajmdagi 2 dona fleshkartalari xufyona tarzda joylanganligi fosh qilindi. Har biri 8 GB hajmdagi Vortex va Prima nomli ushbu fleshkartalar xotirasi ko‘zdan kechirilganda, ularning ichida diniy mazmundagi 14,84 gigabaytga teng yoki 20 soat davomiylikdagi 1230 dona audio va video materiallar jamlanganligi aniqlandi.

Dinshunoslar tomonidan o‘tkazilgan ekspertiza xulosasiga ko‘ra, mazkur audio va video materiallar “O‘zbekiston islom harakati” ekstremistik tashkiloti tomonidan tayyorlangan diniy mazmundagi ma’ruzalar, IShID terrorchi tashkilotlarini madh etishga qaratilgan Suriyada tayyorlangan o‘zbek tilidagi nashidalar hamda soxta diniy ulamolarning “islomiy xalifalik”ni targ‘ib etishga qaratilgan da’vatlaridan iborat bo‘lib, diniy ekstremizm, ayirmachilik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan va ularni targ‘ib etishga qaratilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyat sudinining hukmiga ko‘ra ushbu shaxsga nisbatan 5 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.