» » O‘zbekistonda 10-avgustdan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar boshlanadi

Скачать O‘zbekistonda 10-avgustdan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar boshlanadi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbekistonda 10-avgustdan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar boshlanadi

Mustaqillikning 24 yilligi arafasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan shu yilning 10-avgust sanasidan butun mamlakat bo‘ylab “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar boshlanadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar beradi.

 

O‘zbekistonda 10-avgustdan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar boshlanadi

 

An’anaga muvofiq, mazkur tadbir ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, ilmiy-tekshirish institutlari, tibbiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining yetakchi olimu shifokorlari ishtirokida o‘tkaziladi. Aksiya doirasida urush va mehnat faxriylari hamda keksalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish haftaligi ham tashkil etilishi rejalashtirilgan. Ushbu yirik ijtimoiy tadbirni tashkil etishdan maqsad aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bilan birga sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, yoshlarda sog‘lom oila qurishga intilish hissini kuchaytirish, turli xastaliklarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borishdir.

Aksiya doirasida mamlakatning eng olis hududlaridagi aholi qatlamlari ham qamrab olinadi. Bu galgi tadbir ikki bosqichda tashkil etiladi. Dastlab viloyatning o‘zida faoliyat ko‘rsatayotgan malakali mutaxassislar hudud aholisini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi. Ikkinchi bosqichda esa respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, ilmiy-tekshirish institutlari va tibbiyot oliy ta’lim muassasalaridagi eng tajribali mutaxassislar ishtirokida yuqori darajadagi konsiliumiga ehtiyoji aniqlanib, oldindan ro‘yxati tuzilgan fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.