» » Davlat bojxona qo‘mitasi yangilangan saytini ishga tushirdi

Скачать Davlat bojxona qo‘mitasi yangilangan saytini ishga tushirdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Davlat bojxona qo‘mitasi yangilangan saytini ishga tushirdi

 

Bojxona organlari faoliyatini xalqaro tarmoqda yoritishda ma’lumotlarning tezkorligi, sifati va davriyligini ta’minlash, bojxona sohasiga doir axborotlarni taqdim etishda samarali usullarni joriy etish, internet foydalanuvchilari, xususan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun saytdan o‘zlariga tegishli axborotlarni qisqa fursatda va qulay tarzda qo‘lga kiritish maqsadida 2015-yilning 1-avgustidan boshlab, Davlat bojxona qo‘mitasi Internet tarmog‘ida yangi takomillashtirilgan veb-saytini ishga tushirdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Davlat bojxona qo‘mitasi yangilangan saytini ishga tushirdi

 

www.customs.uz manzilida joylashgan mazkur sayt Uzinfocom markazi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, avvalgi versiyalaridan tubdan farq qiladi. Eng avvalo, sayt ortiqcha grafika, murakkab struktura, haddan tashqari bezaklarga burkangan dizayn, ko‘zni charchatuvchi yorqin ranglardan xoli ekanligi bilan diqqatga sazovor.

Sayt 8 ta bo‘limda 120 dan ortiq sahifalarda axborotlarni taqdim qilib, sodda navigatsiya orqali foydalanuvchi o‘ziga kerakli axborotni sanoqli soniyalarda topishi mumkin.

Shuningdek, saytning “Elektron xizmatlar” bo‘limida foydalanuvchilar uchun 9 turdagi interaktiv xizmatlar ko‘rsatiladi. Masalan, elektron raqamli imzo orqali yuridik shaxslar “Tadbirkorning shaxsiy kabineti” elektron xizmatidan foydalanishi mumkin. Mazkur xizmat orqali tadbirkorlik subyektlari bevosita o‘z faoliyatlariga oid 11 turdagi interaktiv xizmatlar va ma’lumotlarni qo‘lga kiritishi mumkin.

Bojxona organlari faoliyatini Internet tarmog‘i orqali yoritishda Davlat bojxona qo‘mitasi 14 yillik tajribaga ega. Qo‘mitaning www.customs.uz veb-sayti ilk bor 2001-yilda tashkil qilingan bo‘lib, o‘tgan yillar davomida 4 marotaba yangilangan.

Sayt faoliyati keng jamoatchilik tomonidan munosib e’tirof etilib, UZ milliy domeni Internet-festivalining “Davlat boshqaruvi sohasidagi eng yaxshi sayt” nominatsiyasida 2011-yilda 3-o‘rinni, 2013-yilda 2 o‘rinni qo‘lga kiritgan. Sayt 2012-yil 6-iyunda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan №0902 sonli raqam bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.