» » Bojxona qo‘mitasida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida seminar o‘tkazildi

Скачать Bojxona qo‘mitasida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida seminar o‘tkazildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Bojxona qo‘mitasida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida seminar o‘tkazildi

Davlat bojxona qo‘mitasining “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi bilan hamkorlikda “Korrupsiyaga qarshi kurashish – davlat va jamiyat xavfsizligi garovi” mavzusida seminar tashkil qilindi. Bu haqda bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bojxona qo‘mitasida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida seminar o‘tkazildi

 

Ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining shaxsiy tarkibi uchun uyushtirilgan mazkur tadbirda Akademiyaning “Boshqaruvning huquqiy asoslari” kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar nomzodi Muattara Rahimova ko‘rgazmali ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Ma’ruza davomida korrupsiya tushunchasining mazmuni, korrupsiyaga qarshi kurash tarixi, O‘zbekistonda korrupsiya jinoyatlarining sabablari va uning oldini olish masalalari hamda korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi xalqaro amaliyot haqida atroflicha axborotlar berildi.

Ushbu illatga qarshi kurashishni jahon talablari asosida tashkil etish maqsadida 2008-yilda O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2003-yil 13-oktabrdagi “Korrupsiyaga qarshi” Konvensiyasini ratifikatsiya qildi, shuningdek, “Birlashgan Millatlar Tashkilotining ‘Korrupsiyaga qarshi’ konvensiyasiga O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilishi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Shuningdek, respublika 2010-yil mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashning Istanbul rejasiga (2003-yil 10-sentabr) qo‘shilgan.

Seminar yakunida bojxona organlarida ham korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham atroflicha muhokama qilindi. Xususan, bojxona organlariga qabul qilingan xodimlarning korrupsiya jinoyatlariga yo‘l qo‘ymasliklarini ta’minlash maqsadida “Ahloq kodeksi” ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur ichki hujjat talablarini buzgan xodimlarning xatti-harakatlari bojxona organlarining “Ahloq sudlari”da ko‘rib chiqiladi va tegishli choralar ko‘riladi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.