» » Toshkentda sifati kafolatlanmagan uyali telefonlarning noqonuniy aylanishi fosh qilindi

Toshkentda sifati kafolatlanmagan uyali telefonlarning noqonuniy aylanishi fosh qilindi

Toshkentda sifati kafolatlanmagan uyali telefonlarning noqonuniy aylanishi fosh qilindi

 

 

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari yirik miqdordagi sifati kafolatlanmagan uyali telefonlarning noqonuniy aylanishini fosh qildi. Bu haqda boshqarma axborot xizmati xabar bermoqda.

Bojxona xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda poytaxt ko‘chalaridan birida harakatlanayotgan fuqaro boshqaruvidagi Lacetti rusumli yengil avtoulovi to‘xtatib, ko‘zdan kechirilganda, unda xorijda ishlab chiqarilgan 726 dona uyali telefon hamda 386 dona uyali aloqa vositasi aksessuari yashirincha olib ketilayotganligi aniqlandi. Surishtiruvlar davomida qoidabuzar shaxs qiymati 118 million so‘mlik mazkur tovar-moddiy boyliklarning bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi bironta ham hujjatni bojxonachilarga taqdim qila olmadi va mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Boshpochtamt” bojxona postida poytaxtda istiqomat qiluvchi 3 nafar fuqarolar nomiga AQShdan yo‘llangan pochta jo‘natmalari o‘rnatilgan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, jo‘natmadagi buyumlar orasida tegishli deklaratsiyalarda qayd qilinmagan salkam 36 million so‘mlik 39 dona LG, iPhone 6 va iPhone 6 Plus uyali aloqa vositalari yashirilganligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan sudning tegishli qarorlari bilan jazo choralari qo‘llanildi va daliliy ashyo sifatida olib qo‘yilgan tovarlar davlat egaligiga o‘tkazildi.

 


Manba: daryo.uz

 









Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.