» » Ayollar dzyudosi tarixida ilk marta O‘zbekiston vakilasi jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritdi

Скачать Ayollar dzyudosi tarixida ilk marta O‘zbekiston vakilasi jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Ayollar dzyudosi tarixida ilk marta O‘zbekiston vakilasi jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritdi

 

Bosniya va Gersegovinaning Sarayevo shahrida kadetlar o‘rtasida boshlangan jahon chempionatining birinchi kunidayoq O‘zbekiston terma jamoasi xazinasi oltin medal bilan boyidi, deb xabar bermqodaO‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Foto: intjudo.eu

E’tiborlisi, jahon chempionatining oltin medaliga qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada Diyora Keldiyorova (-48 kg) sazovor bo‘ldi. Bunga qadar O‘zbekiston vakillari orasida (xotin-qizlar) faqatgina Gulnoza Matniyozova 2009-yili jahon chempionatining kumush medaliga sazovor bo‘lgan. Demak, Diyoraning Sarayevo tatamilarida erishgan natijasi O‘zbekiston sportining tarixi sahifalariga bitiladi.

Foto: intjudo.eu

Dunyoning 59 davlati vakillari ishtirokida o‘tayotgan mazkur jahon chempionatida g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilgan Diyora saralash bosqichida Vengriya, Gollandiya va Braziliya terma jamoa a’zolarini mag‘lub etib, yarim finalda Turkiya, hal qiluvchi final bellashuvida esa gollandiyalik Joriyen Visserni muddatidan avval mag‘lub etdi.

Foto: intjudo.eu

Jumladan, turkiyalik sportchini yengish uchun 1 daqiqa-yu 20 soniya, gollandiyalik dzyudochini mag‘lub etish uchun esa 1 daqiqa-yu 39 soniya yetarli bo‘ldi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.