» » Javohir Zokirov: “Sotqin” filmining davomi suratga olinishi mumkin

Скачать Javohir Zokirov: “Sotqin” filmining davomi suratga olinishi mumkin в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Javohir Zokirov: “Sotqin” filmining davomi suratga olinishi mumkin

Taniqli kinoaktyor Javohir Zokirov “Sotqin” filmining davomi suratga olinishi mumkinligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “1news.uz”. Aktyor ushbu filmdagi G‘ulom obrazini ijro etar ekan, bunday odamlarni sodda, dovdir qilib ko‘rsata olmasligini ta’kidladi.

 

Javohir Zokirov: “Sotqin” filmining davomi suratga olinishi mumkin

 

“Chunki bunday ifloslar odamlarni juda yaxshi biladigan psixolog bo‘ladi. Xo‘sh, G‘ulomni o‘ta olifta qilib ko‘rsatganimizning sababi nima? Bu odamlar qanday qilib ichimizga kirib olishi-yu, qanday qilib ishini bajarib ketishini xalqimiz bilsin. Hayotda eng kuchli odamlar eng oddiy odamlar bo‘ladi. Kuchlilar G‘ulomga o‘xshab spektakl qo‘yib birovlarning ustidan kulmaydi.

Bugun yoshlarimiz ko‘pincha odamlarning mashinasi, gapiradigan gapi, puliga e’tibor beradi, aslida esa odamning ichki dunyosiga e’tibor berish kerak. G‘ulom obrazi orqali ‘odamlar, ogoh bo‘linglar, bunaqa ifloslarga aldanmanglar, bularning oxiri voy’ demoqchi edim”, – dedi u “Darakchi” nashriga bergan intervyusida.

Aktyor filmda G‘ulomni qamoqqa olmasdan, qochirib yuborishdan maqsad nima ekanligiga oydinlik kiritdi. “Filmda G‘ulom qo‘lga tushganida ancha ishonarsiz bo‘lib qolishi mumkin edi. ‘Shunday odamlar haliyam oramizda yuribdi, ulardan ogoh bo‘linglar’ degan maqsadda uni ‘qochirib yubordik’. Ko‘pgina muxlislar filmning davomini kutyapti. Bilmadim, ehtimol davomi ham bo‘lishi mumkin”, – deydi Javohir Zokirov.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.