» » O‘zbekistonlik dasturchi avtomashina oldi-sotdisi uchun notarial xarajatlarni hisoblaydigan onlayn-kalkulyator ishlab chiqdi

Скачать O‘zbekistonlik dasturchi avtomashina oldi-sotdisi uchun notarial xarajatlarni hisoblaydigan onlayn-kalkulyator ishlab chiqdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbekistonlik dasturchi avtomashina oldi-sotdisi uchun notarial xarajatlarni hisoblaydigan onlayn-kalkulyator ishlab chiqdi

Xushnudbek.uz saytiga uy-joy yoki avtomobil oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlatishda notarial harakatlar uchun to‘lovlar miqdorini avtomatik hisoblab beradigan onlayn-kalkulyator joylashtirildi. Sayt muallifi Xushnudbek Xudoyberdiyevning ma’lum qilishicha, dastur Lutfiddin Sobirov tomonidan ishlab chiqilgan va mualliflik huquqi bilan himoyalangan.

 

O‘zbekistonlik dasturchi avtomashina oldi-sotdisi uchun notarial xarajatlarni hisoblaydigan onlayn-kalkulyator ishlab chiqdi

 

Mazkur onlayn-kalkulyator barcha xarajatlarni, xususan, davlat boji, gerb yig‘imi, notariuslar tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlarni avtomatik tarzda hisoblaydi. Chiqqan natijani osongina chop etib olish mumkin.

“Umid qilamanki, avtomashina yoki uy-joy uchun oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlatish maqsadida notariusga murojaat qilmoqchi bo‘lsangiz, mazkur onlayn-kalkulyatorning Sizga foydasi tegadi”, — deb yozadi sayt muallifi.

Ma’lumot uchun, notariuslar tomonidan tasdiqlanadigan oldi-sotdi shartnomasi uchun davlat bojini hisoblash Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi “Davlat boji stavkalari haqida”gi qaroriga asosan belgilanadi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.