» » Yanukovich Kiyevga ko‘rsatma berish uchun borishdan bosh tortdi

Скачать Yanukovich Kiyevga ko‘rsatma berish uchun borishdan bosh tortdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Yanukovich Kiyevga ko‘rsatma berish uchun borishdan bosh tortdi

Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich 11-avgust kuni Ukraina Bosh prokuraturasiga ko‘rsatma berish uchun Kiyevga bormaydi, deb xabar bermoqda Meduza.

 

Yanukovich Kiyevga ko‘rsatma berish uchun borishdan bosh tortdi

 

Yanukovichning advokati Vitaliy Serdyukning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Bosh prokuraturasiga Jinoyat-protsessual kodeksining 138-moddasiga binoan tergov harakatlarida qatnashmaslik uchun uzrli sabablar borligi to‘g‘risida bildirishnoma jo‘natiladi.

Shuningdek, u Yanukovich tergovchilarning savollariga videoaloqa orqali javob berishga tayyorligini yana bir marta ta’kidladi. Qayd etilishicha, avvalroq Ukraina Bosh prokuraturasi ushbu variantni rad etgan.

Bundan tashqari, Yanukovichning advokatlari Ukrainaning sobiq prezidenti sirtdan tergov qilinishi to‘g‘risidagi qarordan shikoyat qilgani aytilgan. “Bunday qaror Yanukovich xalqaro qidiruvga berilganda chiqarilishi mumkin edi. Biroq qidiruv to‘xtatilgan, ushbu qaror uchun asos yo‘q edi”, — dedi Serdyuk. Ukraina sudi bu qarorni bekor qilmasa, Yevropa inson huquqlari sudiga murojaat qilish rejalashtirilgan.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.