» » Korrupsiya botqog‘iga botgan mamlakatlar o‘nligi

Скачать Korrupsiya botqog‘iga botgan mamlakatlar o‘nligi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Korrupsiya botqog‘iga botgan mamlakatlar o‘nligi

 

Xavflarni o‘rganish bo‘yicha xalqaro Verisk Maplecroft kompaniyasi 2012—2014-yillar mobaynida 198 mamlakat iqtisodiyotidagi korrupsiya holatini tahlil qilib chiqdi. Bu haqda “Insider.pro” xabar bermoqda.

Transparency International, Freedom House tashkilotlari va AQSh Davlat departamenti hisobotlari asosida tuzilgan reytingda Daniya eng kam korrupsiyalashgan davlat deb topildi, AQSh esa 23-o‘rinni egalladi.

Qayd etishlaricha, ro‘yxatda “eng yuqori darajadagi korrupsiya xavfi” guruhiga kiritilgan 73 mamlakatning 45 foizini Sahroi Kabirdan janubda joylashgan Afrika davlatlari tashkil etadi. Bundan tashqari, Yaqin Sharq mamlakatlarida ham korrupsiya darajasi yuqori ekanligi ta’kidlangan.

Reyting 10 ballik tizim asosida tuzilgan bo‘lib, 0 — korrupsiya darajasi eng yuqori bo‘lgan holatlarga, 10 esa korrupsiya darajasi juda past bo‘lgan holatlarga nisbatan berildi.

Korrupsiya xavfi ko‘rsatkichi bir xil bo‘lgan mamlakatlar reytingda bir o‘rinni o‘zaro bo‘lishib olgan, biroq bu holat keyingi o‘rinlar taqsimotiga ta’sir qiladi. Ya’ni, uch mamlakat birinchi o‘rinni bo‘lishib olgan bo‘lsa, korrupsiya xavfi ko‘rsatkichi ularnikidan biroz yaxshiroq davlat reytingda o‘z-o‘zidan to‘rtinchi bo‘ladi.

10-o‘rin. Janubiy Sudan — 0,15 ball

Janubiy Sudan prezidenti Salva Kiir. Foto: Insider.pro

Katta neft zaxiralariga ega bo‘lishiga qaramay, Janubiy Sudan korrupsiyadan qattiq aziyat chekmoqda.

10-o‘rin. Rossiya — 0,15 ball

Rossiya prezidenti Vladimir Putin. Foto: Insider.pro

Rossiyaning korrupsiya botqog‘iga botganiga eng asosiy dalil sifatida mamlakat futbol bo‘yicha 2018-yilgi jahon chempionati mezbonligini go‘yoki pora bilan sotib olgani ko‘rsatilmoqda.

10-o‘rin. Myanma — 0,15 ball

Foto: Insider.pro

BBC News’ning 2015-yil mayidagi hisobotiga ko‘ra, Myanmada “sanoatni ko‘pdan beri harbiylar nazorat qiladi, mamlakatda korrupsiya gullab-yashnamoqda”.

6-o‘rin. Liviya — 0,13 ball

Foto: Insider.pro

Financial Times’ning aprel oyida chiqqan hisobotiga ko‘ra, Liviyaning ulkan neft zaxiralarini boshqaruvchi shaxslar iqtisodiyotni samarasiz boshqarishda ayblangan.

6-o‘rin. Iroq — 0,13 ball

Foto: Insider.pro

Iroqdagi korrupsiya nafaqat moliya, balki ma’muriy va huquqni muhofaza qilish sohalariga ham kirib borgan. Amaldorlar davlat shartnomalarini qo‘lga kiritish maqsadida kompaniyalarni qarindoshlari nomiga ro‘yxatdan o‘tkazib, budjetni talon-taroj qiladi.

6-o‘rin. Ekvatorial Gvineya — 0,13 ball

Ekvatorial Gvineya prezidenti Teodoro Obiang Ngema Mbasogo. Foto: Insider.pro

Human Rights Watch tashkiloti hisobotiga ko‘ra, 1979-yildan beri prezident Teodoro Obiang Ngema Mbasogo qo‘l ostida yashayotgan Ekvatorial Gvineyada korrupsiya, qashshoqlik va qatag‘onlar davlatning vabosiga aylangan.

6-o‘rin. Afg‘oniston — 0,13 ball

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani. Foto: Insider.pro

Fiscal Times xabariga ko‘ra, Afg‘oniston 2016-yili budjet majburiyatlarini bajara olmaydi. Bunga ichki daromadlar darajasining keskin pasaygani sabab bo‘lgan. Daromadlarning pasayishiga esa ichki daromadlarning uchdan birini tashkil qiladigan bojxona yig‘imlarining yarmi o‘g‘irlangani sababchidir.

4-o‘rin. Sudan — 0,12 ball

Sudan prezidenti Umar al-Bashir. Foto: Insider.pro

Sudanlik faol yanvar oyida The Guardian nashriga bergan intervyusida, jumladan, shunday degandi: “Biz korrupsiyalashgan hukumatimiz qurbonimiz”.

4-o‘rin. Markaziy Afrika Respublikasi — 0,12 ball

Foto: Insider.pro

BBC News’ning fevraldagi hisobotiga ko‘ra, mamlakatda korrupsiya darajasi o‘smoqda va serdaromad yog‘och va olmos sanoatiga zarar yetkazmoqda.

1-o‘rin. Somali — 0 ball

Somali prezidenti Hasan Shayx Mahmud. Foto: Insider.pro

BMTning 2013-yilgi hisobotiga ko‘ra, Somali markaziy banki amalda korrupsiyalashgan tuzilmalarning pora olish-berish jamg‘armasiga aylanib qolgan.

1-o‘rin. Shimoliy Koreya — 0 ball

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In. Foto: Insider.pro

Economic Index of Freedom hisobotiga ko‘ra, pora olish va berish – Shimoliy Koreya davlati va iqtisodiyotining barcha bo‘g‘inlarida keng tarqalgan oddiy amaliyotdir.

1-o‘rin. Kongo Demokratik Respublikasi — 0 ball

Kongo DR prezidenti Jozef Kabila. Foto: Insider.pro

Transparency International’ning 2014-yilgi hisobotiga ko‘ra, Kongo DRda korrupsiya shu qadar chuqur ildiz otib ketganki, vaziyatni o‘nglash uchun hech bir umid yo‘q.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.