» » Xitoylik oshiq yigit nikoh uzugi uchun 150 kilogramm tanga to‘pladi

Скачать Xitoylik oshiq yigit nikoh uzugi uchun 150 kilogramm tanga to‘pladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Xitoylik oshiq yigit nikoh uzugi uchun 150 kilogramm tanga to‘pladi

Xitoyning Anxoy viloyatida istiqomat qiluvchi oshiq yigit brilliant ko‘zli nikoh uzugini sotib olish uchun 150 kilogramm tanga to‘pladi. Bu haqda “Nur.kz” xabar bermoqda.

Xitoylik oshiq yigit nikoh uzugi uchun 150 kilogramm tanga to‘pladi

 

 

Xabar berishlaricha, 30 yoshli kuyov Fuyan shahridagi zargarlik do‘koniga uch g‘ildirakli velosipedda ikki qop tanga olib kelgan. Do‘kon xodimlari chaqa pullarni bir necha soat davomida sanab chiqdi — qoplarda 12 ming yuan (taxminan 1930 dollar) borligi ma’lum bo‘ldi.

Kuyovning so‘zlariga ko‘ra, u bolaligida o‘z dugonasiga bergan va’dasining ustidan chiqish uchun pul to‘plagan. Suyukli qiz hozirda 20 yoshda, har ikkalasi bola bo‘lgan vaqtda esa yigit qiz bilan turmush qurishga va’da bergan.

Zargarlik do‘koni xodimlari bu xitoylikning o‘z muhabbatiga yetish yo‘lidagi harakatlarini abadiylashtirish maqsadida chaqa pullarni do‘kon muzeyiga joylashtirishga qaror qilgan. Ehtimol, ular chaqa pullarning hammasini sanab ham chiqolmagandir.

Kuyov esa hozirgi vaqtda o‘z sevgilisiga rasman taklif bildirish marosimini uyushtirish bilan band. Xabar berishlaricha, qiz uzuk haqida eshitib, juda hayajanlonib ketgan va yig‘lab ham yuborgan. U yigitning taklifiga rozilik bildirganmi-yo‘qmi, bunga aniqlik kiritilmagan.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.