» » Tailand qirolini kalaka qilgan fuqaro 30 yilga qamaldi

Tailand qirolini kalaka qilgan fuqaro 30 yilga qamaldi

 

Tailand fuqarosi mamlakat qirollik oilasi a’zolarini Facebook’da haqorat qilgani uchun 30 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.


Tailand qirolini kalaka qilgan fuqaro 30 yilga qamaldi

 

48 yoshli erkak tomonidan Facebook’da qoldirilgan olti xabar Bangkok harbiy sudi tomonidan qirollik oila a’zolarini haqoratlovchi mazmunga ega, deb topildi.

Dastlab ayblanuvchini har bir xabar uchun 10 yildan — jami 60 yilga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm chiqarilgan edi. Erkak o‘ziga qo‘yilgan aybni tan olganidan so‘ng, jazo muddati ikki barobar qisqartirildi.

Mahalliy kuzatuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, Tailanddagi harbiy to‘ntarishga qadar bu kabi holatlar yuzasidan atigi ikkita sud mahkamasi bo‘lgan. Hozirda esa bunday jinoyat ishlari soni kamida 56 taga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Tailand bosh vaziri “yolg‘on” uchun jurnalistlarni qatl etish bilan tahdid qilgandi.

 



Manba: daryo.uz

 





Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.