» » Misr Suvaysh kanali ostida 6 ta tonnel qurishni rejalashtirmoqda

Misr Suvaysh kanali ostida 6 ta tonnel qurishni rejalashtirmoqda

Misr Suvaysh kanali ostida oltita tonnel qurilishini e’lon qildi. Kanal ma’muriyati rahbari admiral Moxab Mamish bu loyiha yangi tarmog‘i 6-avgust kuni ishga tushirilgan kanalni rivojlantirish rejasining ikkinchi bosqichi ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

 

Misr Suvaysh kanali ostida 6 ta tonnel qurishni rejalashtirmoqda

 

Admiralning ta’kidlashicha, uzunligi 3,5 kilometr bo‘lgan 5 ta avtomobil magistrali va 7 kilometr masofaga cho‘ziladigan, yo‘lovchi va yuk poyezdlari uchun mo‘ljallangan temiryo‘l tonneli mamlakatni Sinay bilan bog‘laydi.

Loyiha qiymati, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 29 milliard Misr funtini (3,66 milliard dollar atrofida) tashkil etmoqda.

 

Manba: daryo.uz

 









Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.