» » Messi o‘z raqamini “Barselona”ning yangi o‘yinchisiga topshirishga tayyorligini bildirdi

Скачать Messi o‘z raqamini “Barselona”ning yangi o‘yinchisiga topshirishga tayyorligini bildirdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Messi o‘z raqamini “Barselona”ning yangi o‘yinchisiga topshirishga tayyorligini bildirdi

Messi o‘z raqamini “Barselona”ning yangi o‘yinchisiga topshirishga tayyorligini bildirdi

 

“Barselona” yarim himoyachisi Arda Turan Kataloniya klubida 10-raqamli futbolka egasiga aylanishi mumkinligini ma’lum qildi. Hozirda bu raqam jamoa hujumchisi Lionel Messiga tegishli, biroq, Turanning so‘zlariga ko‘ra, argentinalik futbolchi raqamni unga topshirish taklifi bilan chiqqan. Bu haqda Bleacher Report xabar bermoqda.

“Hozircha o‘ylab turibman. Biroq Messi, agar xohlasam, 10-raqamli libos meniki bo‘lishi mumkinligini aytdi”, — dedi Turan. Ayni vaqtda, turkiyalik futbolchining qo‘shimcha qilishicha, libosdagi raqam uning uchun hech qanday ahamiyatga ega emas. “Turkiya terma jamoasiga chaqirilganimda, 14-raqamli futbolkani tanlaganman, chunki otam gollandiyalik Yoxan Kroyfning ashaddiy ishqibozi edi”, — dedi Turan.

28 yoshli Turanning “Atletiko Madrid”dan “Barselona”ga o‘tishi haqida iyul oyi boshida e’lon qilingandi. Mazkur transfer kataloniyaliklarga 34 million yevroga tushdi. E’tiborli tomoni, yarim himoyachi Kataloniya klubiga FIFA tomonidan qo‘yilgan taqiq sabab, 2016-yil yanvariga qadar “Barselona” safida maydonga tusha olmaydi.

Messining bu kutilmagan taklifi uning “Barselona”ni tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni yana jonlantirib yubordi. Avvalroq hujumchi Ispaniya soliq organlarining ta’qibi sabab, “Barselona”ni tark etishi mumkinligiga bir necha bor ishora qilgandi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.