» » Janubiy Koreya sobiq prezidentining bevasi KXDRda Kim Chen In bilan uchrashmadi

Скачать Janubiy Koreya sobiq prezidentining bevasi KXDRda Kim Chen In bilan uchrashmadi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Janubiy Koreya sobiq prezidentining bevasi KXDRda Kim Chen In bilan uchrashmadi

 

Janubiy Koreya sobiq prezidentining bevasi KXDRda Kim Chen In bilan uchrashmadi

 

Janubiy Koreya sobiq prezidenti Kim De Chjunning ayoli Li Xi Xo KXDRga uyushtirgan to‘rt kunlik safarini yakunladi. “Zakon.kz” xabariga ko‘ra, 93 yoshli xonimning tashrifi Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In taklifi bilan amalga oshgan bo‘lsa-da, ayol davlat rahbari tomonidan qabul qilinmagan.

Tashrif davomida Li Xi Xo Pxenyandagi Ona va bola uyi, mehribonlik uyi, bolalar kasalxonasida mehmon bo‘lgan. “Bu bolalarning qo‘lidan tutarkanman, milliy bo‘linish dardini kelajak avlodlarga qoldirib bo‘lmasligini his qildim”, — dedi sobiq prezidentning turmush o‘rtog‘i Seulga qaytib kelganidan so‘ng.

Janubiy Koreya sobiq prezidenti Kim De Chjun va KXDRning avvalgi rahbari Kim Chen Ir 2000-yil 15-iyun kuni Pxenyanda qo‘shma bayonot imzolab, Koreyani tinch yo‘l bilan mustaqil ravishda birlashtirish yo‘llarini belgilab olgandi.

“Pxenyanga safarim davomida oddiy bir fuqaro sifatida hech qanday rasmiy ishlarni bajarmadim, biroq 15-iyun bayonoti ruhini qo‘llab-quvvatlash oldidagi qarzdorlik hissidan qutuldim”, — dedi ayol.

2009-yili vafot etgan Kim De Chjun KXDR bilan oliy darajada muzokaralar o‘tkazish uchun Pxenyanga ayoli bilan tashrif buyurgan ilk Janubiy Koreya prezidenti bo‘lgandi. U ikki koreys davlati o‘rtasidagi iliqlik siyosatiga tamal toshini qo‘ygandi, biroq bu tashabbus keyinchalik Seulda hokimiyat tepasiga kelgan konservativ kuchlar tomonidan rad etildi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.