» » Qirg‘izistonda rossiyalik alpinist halok bo‘ldi

Скачать Qirg‘izistonda rossiyalik alpinist halok bo‘ldi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Qirg‘izistonda rossiyalik alpinist halok bo‘ldi

Rossiyalik alpinist dengiz sathidan 7 ming metr balandlikda joylashgan Lenin cho‘qqisini zabt etish chog‘ida halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.

 

Qirg‘izistonda rossiyalik alpinist halok bo‘ldi

 

Qirg‘iziston Qurolli kuchlari Bosh shtabi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Respublika Qurolli kuchlariga tegishli vertolyot rossiyalik alpinistning jasadini Osh shahriga olib kelgan.

“Shu bortning o‘zida Lenin cho‘qqisiga chiqishda jarohat olgan fransuz alpinisti ham shaharga olib kelindi”, — deyiladi matbuot xizmatining bayonotida. Qirg‘iziston harbiylari Rossiya fuqarosining ismi va familiyasini hozircha oshkor qilmadi. “Bu ma’lumot hozir aniqlashtirilmoqda. Faqatgina u dengiz sathidan 4 ming metr balandlikdan qulab tushgani ma’lum”, — deb qo‘shimcha qildi Bosh shtab matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq rossiyalik uch alpinist Lenin cho‘qqisiga chiqishda halok bo‘lgani xabar qilingandi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.