» » Argentinada “Formula-1” bo‘yicha afsonaviy poygachining jasadi qabrdan kavlab olindi

Скачать Argentinada “Formula-1” bo‘yicha afsonaviy poygachining jasadi qabrdan kavlab olindi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Argentinada “Formula-1” bo‘yicha afsonaviy poygachining jasadi qabrdan kavlab olindi

 

“Formula-1”ning afsonaviy argentinalik poygachisi Xuan Manuel Fanxioning jasadi eksgumatsiya qilindi, deb xabar beradi “Newsru.com”.

 

Argentinada “Formula-1” bo‘yicha afsonaviy poygachining jasadi qabrdan kavlab olindi

 

Sud qaroriga ko‘ra, uning DNKsidan namuna olish uchun poygachining jasadi morgga olib ketildi.

Fanxio tanasining namunasi uning o‘g‘li ekanligini ta’kidlayotgan 70 yoshli ikki erkakning da’vosini qondirish yoki rad etish uchun kerak.

Fanxio hech qachon uylanmagan va rasman bolalarini tan olmagan. Ammo uning biograflari poygachi deyarli 20 yil bir ayol bilan yaqin munosabatda bo‘lganini ta’kidlamoqda.

Uning o‘g‘li ekanligini da’vo qilayotgan birinchi erkak Oskar Espinosa bo‘lib, u ma’lum bir vaqt “Formula-3” poygalarida qatnashgan va uni ko‘pchilik Kancho Fanxio nomi bilan taniydi.

Ikkinchi erkak esa Ruben Vaskes bo‘lib, u alohida da’vo bilan chiqqan. Vaskesning so‘zlariga ko‘ra, 2012-yilda onasi vafot etayotganida u Fanxioning o‘g‘li ekanligini aytib ketgan. U Fanxioning merosiga qiziqmasligini ta’kidladi.

“Men shunchaki Fanxioning o‘g‘li, deb tan olinishni istayman”, — dedi Vaskes.

Fanxio “Formula-1”da 7 mavsumni o‘tkazgan va 5 marta (1951, 1954, 1955, 1956 va 1957-yillarda) jahon chempioni bo‘lgan. Uning chempionlik unvonlari bo‘yicha rekordini yarim asrdan keyin Mixael Shumaxer 2003-yilda yangilagan. Xuan Manuel Fanxio 1995-yilda olamgan o‘tgan.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.