» » Ramzan Qodirov qimmatbaho soatlarni qayerdan olganini tushuntirib berdi

Скачать Ramzan Qodirov qimmatbaho soatlarni qayerdan olganini tushuntirib berdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Ramzan Qodirov qimmatbaho soatlarni qayerdan olganini tushuntirib berdi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov matbuotda e’lon qilingan Rossiya amaldorlari va davlat kompaniyalari rahbarlari qo‘l soatlari reytingiga munosabat bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Ramzan Qodirov qimmatbaho soatlarni qayerdan olganini tushuntirib berdi

 

Matbuotda e’lon qilingan mazkur ro‘yxatga Ramzan Qodirov ham kiritilgan bo‘lib, u qiymati 280 ming dollar bo‘lgan GreubelForsey Tourbillon 24 Secondes Contemporain Shveytsariya soatini taqib yurishi qayd etilgan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bunday soatlar atigi 33 dona ishlab chiqarilgan.

Checheniston rahbarining qayd etishicha, u yoshligidan soatlar, sovuq qurollar va “buyuk odamlarga tegishli bo‘lgan” buyumlarni yig‘ib keladi va nashr tomonidan surati ko‘rsatilgan soat uning kolleksiyasidagi eng qimmatbahosi emas. “Otam, Chechenistonning birinchi prezidenti Ahmad Hoji Qodirov va qadrli onam Aymani Nesiyevna tomonidan sovg‘a qilingan soat eng bebahodir. Men uni jahonning barcha oltin-valyuta zaxiralariga ham almashmagan bo‘lardim”, — dedi Qodirov.

Ramzan Qodirovning aytishicha, u soatlarni jahonning o‘nlab davlatlarida istiqomat qiluvchi badavlat do‘stlaridan sovg‘a sifatida oladi, biroq o‘z qo‘l ostidagi odamlardan hech qachon soat yoki boshqa qimmatbaho sovg‘alarni olmagan, olmaydi va olmoqchi ham emas, chunki, Checheniston rahbarining alohida qayd etishicha, “ularda bunday imkoniyat yo‘q”.

“Agar menda soat bo‘lsa, men buni ko‘rsataman. Bundan quvonaman, chunki hech bir odam bu soatlar noqonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan, deb ayta olmaydi. Men chin ko‘ngildan Parvardigorga ishonaman, Qur’on, Sunna, Konstitutsiya talablariga qat’iy rioya etaman. Vijdonan yashayotgan insonning yashirinishga hojati yo‘q. Shu sababli ham hayot tarzim shaffof, xalq ko‘rib turadi. Har doim shunday bo‘lib qoladi”, — dedi Checheniston rahbari.

 

Manba: Daryo.Uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.