» » AQSh shimolida kichik samolyot qulashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi

AQSh shimolida kichik samolyot qulashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi

AQShning Nyu-York shtati shimolidagi Adirondak tog‘larida kichik Piper PA-46 samolyoti halokatga uchrashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “NewsRu.com” xabar bermoqda.


 

AQSh shimolida kichik samolyot qulashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi

 

Fuqarolik samolyoti qulagani haqidagi axborot hududiy ma’muriyatga 7-avgust, juma kuni, mahalliy vaqt bilan 18:30 da kelib tushgan. Havo kemasi bo‘laklari va halok bo‘lganlarning jasadlari Adirondak aeroportiga nisbatan shimoli-g‘arbdan topilgan.

Hodisa joyiga AQSh Transport xavfsizligi boshqarmasi va AQSh Federal fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi mutaxassislari yo‘l olgan. Ma’muriyat hodisa yuzasidan o‘rganish ishlarini olib boradi, aviahalokat sabablari hozircha noma’lum.

 

 

 



Manba: daryo.uz





Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.