» » Farg‘onada tuman xalq ta’limi bo‘limi xodimi poraga olgan pulini qaytarib berayotganida qo‘lga tushdi

Скачать Farg‘onada tuman xalq ta’limi bo‘limi xodimi poraga olgan pulini qaytarib berayotganida qo‘lga tushdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Farg‘onada tuman xalq ta’limi bo‘limi xodimi poraga olgan pulini qaytarib berayotganida qo‘lga tushdi

Farg‘ona viloyati, Buvayda tumanida maktab direktori lavozimiga tayinlash evaziga pora olgan xalq ta’limi bo‘limi xodimi hibsga olindi. Bu haqda “12news.uz” xabar bermoqda.

 

Farg‘onada tuman xalq ta’limi bo‘limi xodimi poraga olgan pulini qaytarib berayotganida qo‘lga tushdi

 

Tumandagi maktablarning birida direktor vazifasini vaqtincha bajarib turgan direktor o‘rinbosari I.Siddiqov direktor lavozimida rasman o‘tirgisi kelib qolib, bu masalada yordam so‘rab tuman xalq ta’limi muassasalarini metodik va tashkiliy ta’minlash bo‘limiga murojaat qilgan.

Bo‘lim xodimi A.Mamanazarov “ko‘mak” uchun I.Siddiqovdan 300 dollar pora so‘ragan. Siddiqov dastlab 200 dollar berishini aytgan, biroq oxir-oqibat 500 ming so‘m bergan.

Pulni talab qilgan miqdorda ololmagan amaldor Siddiqovga yordam berishdan bosh tortgan. Bundan achchig‘i chiqqan direktor o‘rinbosari tegishli organga murojaat qilgan. Mamanazarov pora sifatida olgan pullarini Siddiqovga qaytarib berayotganida hibsga olingan.

 

 

Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.