» » Afg‘oniston poytaxtidagi teraktlarning umumiy qurbonlari soni 50 kishiga yetdi

Afg‘oniston poytaxtidagi teraktlarning umumiy qurbonlari soni 50 kishiga yetdi

Afg‘oniston poytaxti Qobul shahrida ro‘y bergan ketma-ket portlashlar 50 dan ortiq odam hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

 

Afg‘oniston poytaxtidagi teraktlarning umumiy qurbonlari soni 50 kishiga yetdi

 

 

Avvalroq, ro‘y bergan ikki terakt natijasida kamida 44 kishi halok bo‘lgani, 400 ga yaqini esa tan jarohati olgani haqida xabar berilgan edi.

Mazkur qo‘poruvchilik harakatlari uchun javobgarlikni radikal kayfiyatdagi “Tolibon” harakati o‘z bo‘yniga olgan.

Teraktlar ketma-ketligi jangarilar tomonidan 7-avgust, juma kuni amalga oshirilgan edi. NATO missiyasi obyekti va shaharning aholi zich yashaydigan qismidagi AQSH maxsus harbiy bo‘linmalari tomonidan foydalaniladigan baza hujumlarga nishon bo‘ldi. Hujumlar Qobul aeroporti yaqinida boshlanib, bir necha soat davom etdi.

Afg‘oniston hududida radikal kayfiyatdagi “Tolibon” harakati faoliyat olib boradi, hukumat qo‘shinlari mazkur harakat jangarilariga qarshi muntazam maxsus operatsiyalar o‘tkazib keladi. Odatda tinch aholi vakillari mazkur qarama-qarshilik qurboniga aylanadi.

 

 



Manba: daryo.uz





Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.