» » BAAlik uch harbiy Yamanda halok bo‘ldi

BAAlik uch harbiy Yamanda halok bo‘ldi

Birlashgan Arab Amirliklarining uch nafar harbiy xizmatchisi Yamanda Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan harbiy operatsiya chog‘ida halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “TASS”.

 

BAAlik uch harbiy Yamanda halok bo‘ldi

 

 Bu haqda ma’lum qilgan BAA axborot agentligi askarlarning halokati qanday sharoitlarda sodir bo‘lgani haqida axborot bermagan.

Eslatib o‘tamiz, Yamanda hukumat va isyonchi xusiylar o‘rtasidagi mojaro tufayli prezident mamlakatni tark etgach, mart oyi oxiridan Saudiya Arabistoni boshchiligida Bahrayn, Qatar, Quvayt va BAA qurolli kuchlari koalitsiyasi harbiy operatsiya boshladi. Shuningdek, koalitsiyaga Misr, Iordaniya, Marokash va Sudan ham qo‘shilgan.

 

 



Manba: daryo.uz





Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.