» » To‘ng‘izlar o‘z itlarini himoya qilgan sitsiliyalikni tilka-pora qildi

Скачать To‘ng‘izlar o‘z itlarini himoya qilgan sitsiliyalikni tilka-pora qildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

To‘ng‘izlar o‘z itlarini himoya qilgan sitsiliyalikni tilka-pora qildi

To‘ng‘izlar podasi o‘z itlarini yovvoyi hayvonlardan himoya qilishga uringan yetmish yoshli sitsiliyalikni tilka-pora qilib tashladi. Bu haqda, mahalliy politsiyaga asoslanib, Reuters agentligi xabar bermoqda.

 

To‘ng‘izlar o‘z itlarini himoya qilgan sitsiliyalikni tilka-pora qildi

 

 

Hodisa Palermo viloyati, Chefalu shahri yaqinida yuz bergan. Salvatore Rinaudo o‘z itlari bilan sayr qilib yurganida, ularga to‘ng‘izlar hujum qilgan. Erkak o‘z jonivorlarini qutqarishga urinib, halok bo‘lgan.

Chefalu meri shahar atrofida to‘ng‘izlarning ko‘payishi aholi hayotiga xavf solayotgani haqida bir necha bor ogohlantirgan edi. Biroq bu yovvoyi jonivorlarni ommaviy qirish taklifi hududiy hokimiyat organlari tomonidan rad etilgan.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning manfaatlarini himoya qiluvchi Coldiretti umummilliy tashkiloti to‘ng‘izlar soni nazorat qilib bo‘lmas darajada o‘sib borayotganini “milliy fojea” deb atagandi: to‘ng‘izlar chorvani qirmoqda, ekinlarni payhon qilmoqda va yo‘llarda qaltis vaziyatlarni keltirib chiqarmoqda.

 

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.