» » Rossiya FVV Istradagi aviahalokatda 8 kishi halok bo‘lganini tasdiqladi

Скачать Rossiya FVV Istradagi aviahalokatda 8 kishi halok bo‘lganini tasdiqladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Rossiya FVV Istradagi aviahalokatda 8 kishi halok bo‘lganini tasdiqladi

Moskva viloyatidagi Istra suv ombori ustida gidroplan va vertolyot to‘qnashuvi natijasida 8 kishi vafot etdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Moskva viloyatidagi Bosh boshqarmasiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

 

Rossiya FVV Istradagi aviahalokatda 8 kishi halok bo‘lganini tasdiqladi

 

Halok bo‘lganlarning jasadi suvdan chiqarib olingan.

“Hozir qutqaruvchilar vertolyot korpusini chiqarib olishga tayyorlanmoqda. Shundan keyin ular yana bir marta suv tubini tekshiradi, qolgan bo‘laklarni chiqarib oladi”, — dedi agentlik suhbatdoshi.

FVV rasmiy saytidagi xabarga ko‘ra, Cessna-206 gidrosamolyoti bortida besh kishi bo‘lgan, ulardan ikki nafari bolalardir. Robinson-44 vertolyoti bortidagi to‘rt kishidan bir nafari yosh bola bo‘lgan.

Yana bir kishini qidirish ishlari davom etmoqda. Uning ham hayotdan ko‘z yumgani taxmin qilinmoqda.

Vertolyot va samolyotning to‘qnashuvi bo‘yicha jinoiy ish ochildi.

Eslatib o‘tamiz, Istra suv omboriga qulagan vertolyotni motoparaplaner bo‘yicha jahon chempioniboshqargan.

 

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.