» » Obama: Eronga qarshi sanksiyalarni uzaytirishdan foyda yo‘q

Obama: Eronga qarshi sanksiyalarni uzaytirishdan foyda yo‘q

AQShning Eronga nisbatan sanksiyalari muddatini uzaytirish mantiqsiz, chunki dunyo hamjamiyatining qolgani ularga rioya qilmaydi. Bu haqda prezident Barak Obama CNN’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi,deb yozadi “Vedomosti”.

Obama: Eronga qarshi sanksiyalarni uzaytirishdan foyda yo‘q

 

Eron va xalqaro muzokarachilar oltiligi 14-iyulga o‘tar kechasi ko‘p yillik Eron atomi muammosiga barham berish haqidagi tarixiy kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra, qabul qilingn harakatlar rejasiga rioya qilgan taqdirda, Eron BMT Xavfsizlik kengashi, AQSh va Yevroittifoq tomonidan avvalroq kiritilgan iqtisodiy va moliyaviy sanksiyalardan to‘liq ozod etiladi. Kelishuv kongressda ko‘rib chiqiladi.

“Biz haqiqatning yuziga tik qarashimiz kerak: Xitoy va Rossiya kabi boshqa davlatlar Eronga nisbatan sanksiyalarga o‘z ixtiyori bilan rioya qilishda davom etmaydi”, — dedi Obama.

 



Manba: daryo.uz





Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.