» » O‘zbekiston U-19 terma jamoasi Yaponiyada xalqaro turnirdagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi

Скачать O‘zbekiston U-19 terma jamoasi Yaponiyada xalqaro turnirdagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbekiston U-19 terma jamoasi Yaponiyada xalqaro turnirdagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi

O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Yaponiyadagi Balcom BMW xalqaro turniridagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.

O‘zbekiston U-19 terma jamoasi Yaponiyada xalqaro turnirdagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi

 

 

Yaponiyaning Xirosima shahrida start olgan Balcom BMW Cup xalqaro turniridagi ilk uchrashuvda Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Polsha yoshlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Ta’kidlash joiz, uchrashuv ancha qiziqarli va gollarga boy tarzda kechdi. O‘yinning asosiy vaqti 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi va musobaqa reglamentiga ko‘ra g‘olib nomi o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga omad kulib boqdi va ushbu seriya 6:5 hisobida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi.

Avvalroq xabar berilganidek, ushbu musobaqada O‘zbekiston va Polsha yoshlaridan tashqari Yaponiya hamda Xirosima shahri terma jamoasi yoshlari ham ishtirok etadi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Balcom BMW Cup turniridagi ikkinchi o‘yinini 11-avgust kuni Yaponiya yoshlariga qarshi o‘tkazadi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.