» » Yaponiyada planshet hajmidagi transport vositasi ixtiro qilindi (video)

Скачать Yaponiyada planshet hajmidagi transport vositasi ixtiro qilindi (video) в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Yaponiyada planshet hajmidagi transport vositasi ixtiro qilindi (video)

Yaponiyalik muhandis Kunaiko Sayto hajmi planshetnikicha keladigan shaxsiy transport vositasini ishlab chiqdi, deb xabar bermoqda Reuters. Ixtirochining so‘zlariga ko‘ra, bu “sumkadagi ilk mashina”dir.

Yaponiyada planshet hajmidagi transport vositasi ixtiro qilindi (video)

 

WalkCar qurilmasining tashqi ko‘rinishi skeytbordni eslatadi. Cocoa Motors dasturchilar jamoasi a’zosi tomonidan ishlab chiqilgan qurilma litiyli batareyalarda ishlaydi va turiga qarab vazni 2—3 kilogrammni tashkil etadi. Qurilmaning alyuminiy tayanchi 120 kilogrammgacha yukini ko‘tara oladi.

Saytoning so‘zlariga ko‘ra, uning ixtirosidan odamlar nafaqat o‘zlari harakatlanishi uchun, balki yuk tashish uchun ham foydalanishi mumkin. Hozircha uning eng yuqori tezligi 10 km/soatni tashkil etadi. Uch soat quvvat olganidan keyin qurilma 12 kilometrgacha yura oladi. WalkCar avtomatik tarzda ishlaydi: odam uning ustiga chiqishi bilan harakatni boshlaydi, tushishi bilan to‘xtaydi. Uni boshqarish uchun u yoki bu tomonga burilish kifoya.

Qurilmani yaratish uchun Kickstarter kraudfanding platformasi orqali mablag‘ yig‘ilgan. Yangi ixtiroga joriy yilning kuzidan boshlab  buyurtma berish mumkin, 2016-yil bahoridan uni yetkazib berish boshlanadi. Qurilma narxi 800 dollarga yaqin bo‘lishi aytilgan.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.