» » Turkmanistonda 31 kilogrammlik tarvuz yetishtirildi

Turkmanistonda 31 kilogrammlik tarvuz yetishtirildi

9-avgust kuni Turkmaniston poytaxti Ashxobodda usta bog‘bonlar o‘rtasidagi umummilliy tanlovning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “12news.uz”.


 

Turkmanistonda 31 kilogrammlik tarvuz yetishtirildi

 

“Oltin qovun”, “Eng katta tarvuz”, “Eng katta oshqovoq”, “Antiqa poliz ekinlari” va “Usta seleksioner” yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

Ahal viloyatidan Begenchmurat Rejepov o‘zi o‘stirgan 16 kilogrammlik qovun bilan “Oltin qovun” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, Mari viloyatilik Shuhrat Gelenovning 31 kilogrammlik tarvuzi “Eng katta tarvuz” deb tan olindi. “Eng katta oshqovoq” yo‘nalishida esa birinchilikni Dashoguz viloyatidan Xojabay Nurakov 39 kilogrammlik ekini bilan qo‘lga kiritdi.

 



Manba: daryo.uz





Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.