» » Rossiya tergov qo‘mitasi Moskva viloyatidagi aviahalokatda to‘qqiz kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi

Скачать Rossiya tergov qo‘mitasi Moskva viloyatidagi aviahalokatda to‘qqiz kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Rossiya tergov qo‘mitasi Moskva viloyatidagi aviahalokatda to‘qqiz kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi

Rossiya tergov qo‘mitasi Moskva viloyatida joylashgan Istra suv ombori ustida 8-avgust kuni sodir bo‘lgan aviahalokat oqibatida to‘qqiz kishi, jumladan, ikki nafar bola halok bo‘lganini ma’lum qildi, debxabar bermoqda “TASS”.

Rossiya tergov qo‘mitasi Moskva viloyatidagi aviahalokatda to‘qqiz kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi

 

Rossiya tergov qo‘mitasi rasmiy vakili Sergey Markinning so‘zlariga ko‘ra, vertolyot va gidroplan havoda to‘qnashib ketgach bedarak yo‘qolgan gidroplan bortida bo‘lgan 28 yoshli erkakni izlash bo‘yicha qutqaruv ishlari davom etmoqda. Vertolyot va samolyotning o‘zi suvdan chiqarib olingan.

Eslatib o‘tamiz, 8-avgust, shanba kuni Robinson vertolyoti va gidroplan havodagi to‘qnashuvdan so‘ng Istra suv omboriga qulagan. Rossiya FVV xabariga ko‘ra, Cessna-206 gidrosamolyoti bortida besh kishi bo‘lgan, ulardan ikki nafari bolalardir. Robinson-44 vertolyoti bortidagi to‘rt kishidan bir nafari yosh bola bo‘lgan.

 

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.