» » 11-avgust kuni “Paxtakor-79” jamoasini xotirlash tadbiri o‘tkaziladi

Скачать 11-avgust kuni “Paxtakor-79” jamoasini xotirlash tadbiri o‘tkaziladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

11-avgust kuni “Paxtakor-79” jamoasini xotirlash tadbiri o‘tkaziladi

11-avgust, seshanba kuni “Paxtakor”ning 1979-yil aviahalokatga uchragan vakillarini yodga olib, bir nechta tadbirlar o‘tkaziladi. Bu haqida “Paxtakor” klubi matbuot xizmatiga asoslanib O‘zbekiston Futbol federatsiyasi matbuot xizamti ma’lum qilmoqda.

11-avgust kuni “Paxtakor-79” jamoasini xotirlash tadbiri o‘tkaziladi

 

Mash’um halokat sodir bo‘lganining 36 yilligi munosabati bilan seshanba kuni soat 10:00 da, “Paxtakor” stadioni hududidagi yodgorlik oldida to‘planiladi va fojiaviy halok bo‘lganlar xotirlanadi.

Shundan so‘ng esa aviahalokatda vafot etganlar qabrlari joylashgan “Botkin” qabristoniga yo‘l olinadi. Kun davomida jamoa a’zolari xotirasini yodga oluvchi yana turli tadbirlar o‘tkazilishi mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tish joizki, 1979-yilning 11-avgust kuni Toshkent – Minsk yo‘nalishida parvoz qilayotgan samolyot Dneprodzerjinsk shahri uzra uchib o‘tayotgan vaqtida halokatga uchragan. Bortdagi barcha yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari halok bo‘lgan. Shu jumladan, Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi vakillari ham.

Quyida mash’um falokatda olamdan o‘tgan “Paxtakor” a’zolarini keltirib o‘tamiz.

Jamoa murabbiyi: Sport ustasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ustoz — Idgay Tazetdinov.

Futbolchilar

Xalqaro toifadagi sport ustalari: Mixail An, Vladimir Fyodorov.

Sport ustalari: Olim Ashirov, Aleksandr Korchenkov, Sergey Pokatilov, Ravil Agishev, Nikolay Kulikov, Yuriy Zagumennix, Vladimir Makarov, Konstantin Bakanov, Viktor Churkin.

Sport ustaligiga nomzodlar: Shuhrat Eshbo‘tayev, Vladimir Sobirov, Sirojiddin Bozorov.

Shifokor: Vladimir Chumakov

Ma’mur: Mansur Tolibjonov

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.