» » Sarayevoda dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan JChda O‘zbekiston uchta medalga sazovor bo‘ldi

Скачать Sarayevoda dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan JChda O‘zbekiston uchta medalga sazovor bo‘ldi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Sarayevoda dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan JChda O‘zbekiston uchta medalga sazovor bo‘ldi

Bosniya va Gersegovinaning Sarayevo shahrida dzyudo kurashi bo‘yicha kadetlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta oltin va 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘lib, umumjamoa hisobida 59 davlat vakillari orasida 8-o‘rinni band etdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sarayevoda dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan JChda O‘zbekiston uchta medalga sazovor bo‘ldi

 

O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga oltin medalni Diyora Keldiyorova (-48 kg) keltirdi. Bu kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionati bahslarida o‘zbekistonlik xotin-qizlar tomonidan qo‘lga kiritilgan birinchi oltin medal sifatida O‘zbekiston tarixi sahifalariga bitildi. Eslatib o‘tamiz, bunga qadar O‘zbekistondan Gulnoza Matniyozova 2009-yili jahon chempionatining kumush medaliga sazovor bo‘lgandi.

Jahon chempionatining bronza medallarini o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarda Jasur Sodiqov (-73 kg) va Sherhon To‘raboyev (-81 kg) qo‘lga kiritdi.

Umumjamoa hisobida Yaponiya terma jamoasi (4 oltin – 1 kumush – 2 bronza) birinchi, rossiyaliklar ikkinchi (2-1-6), Gollandiya terma jamoasi esa (2-1-0) uchinchi o‘rinni egalladi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.