» » O‘zbekistonda 10-avgustdan maktab yarmarkalari ish boshladi

Скачать O‘zbekistonda 10-avgustdan maktab yarmarkalari ish boshladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbekistonda 10-avgustdan maktab yarmarkalari ish boshladi

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Respublika bolalar kutubxonasida maktab o‘quv qurollari, darsliklar, kiyim-kechaklar, poyabzallar ko‘rgazmasi tashkil etildi, deb xabar beradi O‘zA.

O‘zbekistonda 10-avgustdan maktab yarmarkalari ish boshladi

 

2015/2016-o‘quv yiliga ham O‘zbekistonda puxta hozirlik ko‘rildi. Maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy o‘quv-uslubiy vositalar, kompyuter, mebel jihozlari bilan ta’minlash yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Yangi o‘quv yili arafasida ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida 10-avgustdan 10-sentabrga qadar faoliyat ko‘rsatadigan 1876 maktab yarmarkasi tashkil etildi. Jumladan, yirik savdo majmualari, bozorlar, 970 umumta’lim maktabida yarmarkalar o‘tkazilmoqda. Tog‘li va cho‘l hududlarida yuzga yaqin avtodo‘kon xizmat ko‘rsatmoqda. Ularda 26 turdagi o‘quv qurollari va jihozlari sotuvi tashkil etildi. Ularning aksariyati O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan bo‘lib, asosiy turdagi mahsulotlarni aniqlangan ehtiyoj asosida mutasaddi kompaniya va tashkilotlar yetkazib bermoqda.

Mahsulotlarni saqlash, yong‘in xavfsizligini ta’minlash va boshqa choralar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Mahalliy hokimliklar O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda savdosi tashkil etilayotgan mahsulotlarning amaldagi standartlarga javob berishi hamda sifatini nazorat qilayotir. Mahsulotlar narxi sun’iy tarzda oshib ketishining oldini olish va yarmarkalarda to‘lov terminallari uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida mahalliy hokimliklar va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan doimiy nazorat yo‘lga qo‘yilgan.

– “O‘zbekyengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi korxonalar bilan hamkorlikda ish olib boramiz, – deydi “Sharq liboslari” dizayn markazi dizayneri Nodira Yermetova. – Maktab o‘quvchilari uchun formalarning kolleksiyalarini yaratishda mahalliy xomashyodan ishlab chiqarilgan tabiiy matolarni tanlashga, maktab kiyimlari qulay, ixcham, zamonaviy hamda gigiyenik talablarga mos bo‘lishiga alohida e’tibor qaratamiz.

“O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan ham yangi o‘quv yiliga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilgan. 3 million 100 ming dona qayta nashrdagi, 600 mingdan ortiq yangi nashrdagi darsliklar tayyorlandi. 1-sinflar uchun “Mehnat ta’limi”, 4—5-sinflar uchun “Jismoniy tarbiya”, yordamchi maktablarning 1-sinflari uchun “Nutq o‘stirish” darsliklari shular jumlasidan. Maktab o‘quvchilari uchun o‘quv, rasm daftarlari, yozuv va qayd qog‘ozi, 57 nomdagi bolalar adabiyoti chop etildi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.