» » Toshkentda o‘tkazilgan NBU Cup xalqaro turnirida o‘zbekistonlik tennischilar bosh sovrin sohibi bo‘ldi

Скачать Toshkentda o‘tkazilgan NBU Cup xalqaro turnirida o‘zbekistonlik tennischilar bosh sovrin sohibi bo‘ldi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Toshkentda o‘tkazilgan NBU Cup xalqaro turnirida o‘zbekistonlik tennischilar bosh sovrin sohibi bo‘ldi

Toshkentda tennis bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan NBU Cup xalqaro turnirida O‘zbekistonlik yosh tennischilar bosh sovrinni qo‘lga kiritdi, deb xabar qiladi O‘zA.

Toshkentda o‘tkazilgan NBU Cup xalqaro turnirida o‘zbekistonlik tennischilar bosh sovrin sohibi bo‘ldi

 

Turnirning o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarida qatnashgan Humoyun Sultonov yakkalik va juftlik bahslarida g‘alaba qozondi. Yakkalik bahslarida uchinchi raqamda saralangan o‘zbekistonlik iqtidorli tennischi qozog‘istonlik Ilya Taraninni 6:1, 6:1, jamoadoshi Azamat Luqmonovni 6:0, 6:0, chorak finalda gretsiyalik Ioannis Papounidisni 7:6, 6:0, yarim finalda rossiyalik Kristian Lozanni 6:0, 6:1, hal qiluvchi bahsda yana bir jamoadoshi Saida’lo Saidkarimovni 6:2, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Juftlik bahslarida Humoyun Sultonov va Sharobiddin Abzalov dastlabki bahsda qozog‘istonlik Rodion Pak va rossiyalik Vyacheslav Yulikni 6:1, 6:1, chorak finalda Shohrux Abdumalikov (O‘zbekiston) va Andrey Langrafni (Rossiya) 6:4, 6:3, yarim finalda rossiyalik tennischilar Aleksey Kovalyov va Kristian Lozanni 6:3, 6:2, finalda rossiyalik Timur Igamberdiyev va qozog‘istonlik Pavel Petrov juftligini 6:4, 6:0 hisobida yengdi.

Qizlar o‘rtasidagi juftliklar bahslarida rossiyalik Kamila Rahimova bilan hamkorlikda kortga chiqqan Kamola Umarova ham bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.