» » Alibaba Group Xitoyning yirik elektronika riteyleriga 4,5 milliard dollar sarmoya kiritadi

Alibaba Group Xitoyning yirik elektronika riteyleriga 4,5 milliard dollar sarmoya kiritadi

Alibaba Group Xitoyning Suning Commerce Group elektronika riteylerining 20 foizlik ulushi uchun 28 milliard yuan (4,5 milliard dollar) sarmoya kiritadi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.

Alibaba Group Xitoyning yirik elektronika riteyleriga 4,5 milliard dollar sarmoya kiritadi

 

Ushbu investitsiya Xitoyning eng yirik internet-kompaniyasini Suning Commerce’ning ikkinchi eng yirik aksiyadoriga aylantiradi. O‘z navbatida, Suning Alibaba’ning oddiy aksiyalariga 14 milliard yuan (2,26 milliard dollar) sarmoya kiritib, ularning 1,1 foiziga ega bo‘ladi.

Bitim shartlariga binoan, Suning kompaniyasi Alibaba’ning Tmall.com platformasida maishiy elektronika va texnika, shuningdek, bolalar uchun mahsulotlar sotiladigan bayroqdor do‘kon ochadi. Kompaniyalar logistika sohasida ham hamkorlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Alibaba Group aksiyadorlaridan biri — rossiyalik milliarder Alisher Usmonov 2014-yil kuzida o‘zining Alibaba’ga kiritgan investitsiyasi 500 foizdan ortiq daromad berganini tan olgan.

 


Manba: daryo.uz









Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.