» » Shahzoda Garri JARda brakonyerlarga qarshi kurashda qatnashdi

Скачать Shahzoda Garri JARda brakonyerlarga qarshi kurashda qatnashdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Shahzoda Garri JARda brakonyerlarga qarshi kurashda qatnashdi

Shahzoda Garri JARda brakonyerlarga qarshi kurashda qatnashdi

 

 

O‘tgan hafta Janubiy Afrika Respublikasiga tashrif buyurgan shahzoda Garri maxfiy tarzda brakonyerlarga qarshi kurashda qatnashdi. “TASS” xabariga ko‘ra, Garri Kryuger milliy bog‘idagi harbiy lagerlarning birida bo‘lib, mahalliy harbiylar bilan birga tungi patrulda ishtirok etdi.

Britaniya shahzodasi o‘qotar qurol va machetelar bilan qurollangan brakonyerlar to‘dasiga qarshi shaxsan o‘zi kurashga kirishgan. To‘qnashuv Timsoh daryosi bo‘yida sodir bo‘lgan. Jinoyatchilardan biri yarador qilingan, uning yirik kalibrli o‘qotar quroli musodara qilingan.

Patrul vaqtida brakonyerlarning tundagi harakatlarini aniqlash maqsadida teplovizorli Gazelle vertolyotidan, shuningdek, havo razvedkasining ikki samolyoti va bir necha dronlardan foydalanilgan. Ayni vaqtda, mahalliy qo‘mondonlik Garrining Apache vertolyotini boshqarish tajribasidan foydalanish maqsadida, unga vertolyot boshqaruvini ishonib topshirishga qaror qilgan.

Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, har kuni yirik kalibrli o‘qotar qurollar, boltalar va granatalar bilan qurollangan 40 nafargacha brakonyerlar qo‘shni Mozambik hududidan Kryuger milliy bog‘iga yashirincha kirib keladi. Garrining janubiy afrikalik ustozi, JAR armiyasining iste’fodagi general-mayori Yoxan Yuste shunday deydi: “Qurollangan chet ellik jinoyatchilar Janubiy Afrikaga qarshi urush e’lon qildi. Ularga qaqshatqich zarba beramiz va g‘alaba qozonamiz”.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.