» » KXDR futbol bo‘yicha Sharqiy Osiyo Kubogida bronza medallari sohibi bo‘ldi

KXDR futbol bo‘yicha Sharqiy Osiyo Kubogida bronza medallari sohibi bo‘ldi

 

KXDR futbol bo‘yicha Sharqiy Osiyo Kubogida bronza medallari sohibi bo‘ldi

 

Sharqiy Osiyo futbol federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan Sharqiy Osiyo Kubogi doirasidagi so‘nggi tur o‘yinida KXDR Janubiy Koreya bilan 0:0 hisobida durang qayd etdi, deb xabar qiladi O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.

Shunday qilib, Shimoliy Koreya terma jamoasi o‘tkazilgan uchta o‘yinda quyidagicha natijalar qayd etdi: Yaponiya ustidan g‘alaba — 2:1, Xitoy bilan o‘yinda mag‘lubiyat — 0:2 va Janubiy Koreya bilan durang — 0:0.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rinni 5 ochko to‘plagan holda Janubiy Koreya egalladi. Xitoy va KXDR 4 ochkodan olgan bo‘lsa, Yaponiya faqatgina 2 ochko to‘play oldi.

Eslatib o‘tamiz, KXDR terma jamoasi O‘zbekistonning Jahon chempionati—2018 saralashining 2-bosqichi doirasidagi raqibi hisoblanadi.

 



Manba: daryo.uz





Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.