» » Yaponiya bosh vaziri Olimpiada—2020 stadioni sabab 50 million dollar talon-taroj qilingani uchun uzr so‘radi

Скачать Yaponiya bosh vaziri Olimpiada—2020 stadioni sabab 50 million dollar talon-taroj qilingani uchun uzr so‘radi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Yaponiya bosh vaziri Olimpiada—2020 stadioni sabab 50 million dollar talon-taroj qilingani uchun uzr so‘radi

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Tokioda 2020-yilgi Olimpiada uchun quriladigan bosh stadion atrofida yuzaga kelgan mojaro sabab, mablag‘lar talon-taroj qilingani uchun uzr so‘radi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Yaponiya bosh vaziri Olimpiada—2020 stadioni sabab 50 million dollar talon-taroj qilingani uchun uzr so‘radi

 

Avvalroq stadion loyihasini boshidan qayta ishlab chiqish qarori qabul qilinganidan so‘ng 6,2 milliard iyena (joriy kurs bo‘yicha taxminan 49,8 million dollar) mablag‘ni qaytarish imkoni bo‘lmasligi ma’lum qilingandi.

“Jamoatchilik mablag‘lari sarflab qo‘yilganidan juda ham afsusdaman. Biz, Olimpiadani muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazib, oldimizga qo‘yilgan majburiyatlarni bajaramiz”, — dedi bosh vazir.

Tokiodagi Olimpiadaning bosh stadioni qurilishi atrofidagi mojaro bir qator yaponiyalik arxitektorlar va amaldorlar loyihaning haddan tashqari qimmat ekanligini tanqid qilib chiqqanidan so‘ng boshlandi.

Stadionning murakkab ko‘rinishi kelib chiqishi iroqlik bo‘lgan britaniyalik mashhur me’mor – Zaxa Hadid tomonidan tayyorlangan bo‘lib, mazkur loyiha bo‘yicha quriladigan stadion 2 milliard dollarga tushadi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.