» » Toshkentdagi Pushkin haykali Rus milliy madaniy markazi iltimosiga ko‘ra ko‘chirilmoqda

Скачать Toshkentdagi Pushkin haykali Rus milliy madaniy markazi iltimosiga ko‘ra ko‘chirilmoqda в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Toshkentdagi Pushkin haykali Rus milliy madaniy markazi iltimosiga ko‘ra ko‘chirilmoqda

Toshkentdagi Aleksandr Pushkin haykali Rus milliy madaniy markazi iltimosiga ko‘ra boshqa joyga ko‘chiriladi. Bu haqda 10-avgust, dushanba kuni tashkil etilgan brifing vaqtida Toshkent shahar hokimligi matbuot kotibi Husan Ermatov ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz” .

Toshkentdagi Pushkin haykali Rus milliy madaniy markazi iltimosiga ko‘ra ko‘chirilmoqda

 

 

“Rus milliy madaniy markazi Toshkent shahar hokimligiga haykalni ko‘chirish taklifi bilan chiqdi”, — dedi u. Hokimlik haykalni “O‘zbekyengilsanoat” kompaniyasi (sobiq Teatr maydoni) oldidagi maydonga ko‘chirishni taklif qildi. Bu yer keng, salqin, bir vaqtning o‘zida ko‘p odam bo‘la oladi, bu holat esa turli tadbirlarni o‘tkazish uchun qulaydir.

O‘zbekiston Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Azamat To‘xtayevning so‘zlariga ko‘ra, haykal “O‘zbekyengilsanoat” hamda Bobur va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasidagi katta favvora oralig‘idagi xiyobon markaziga joylashtiriladi. “Bu yerda chiroyli xiyobon bo‘ladi. Pushkin davri muhitini yaratish rejalashtirilgan — davrga xos fonarlar, o‘rindiqlar o‘rnatiladi, turli variantlar tayyorlangan; atrofdagi hudud obodonlashtiriladi”, — dedi Azamat To‘xtayev.

“Yangi joydagi 4,5 gektarlik maydon istalgan tadbirni o‘tkazish imkonini beradi (hozirgi Pushkin xiyoboni 1,5 gektar maydonni egallagan). Bu yerda taxminan 300 avtomobilga mo‘ljallangan katta avtoturargoh bor, maktab o‘quvchilarini avtobuslarda olib kelish mumkin. Eski maydonda esa buning hech qanday imkoni yo‘q”, — dedi u.

“Buyuk rus shoirining haykali boricha ko‘chiriladi, faqat biroz balandroq shohsupaga o‘rnatiladi. Haykalning o‘zi ko‘p ham baland emas — atigi 6,35 metr. U restavratsiya qilinadi, chunki o‘tgan o‘n yillar davomida sezilarli jabr ko‘rgan. Atrofda dam olish joylari, Pushkin qahvaxonasi bo‘ladi, shuningdek, uning asarlari qahramonlari sharafiga ishlangan haykallarni o‘rnatish rejasi bor. ‘O‘zbekyengilsanoat’ binosida esa Pushkin nomli kutubxona, muzey va do‘kon uchun joy ajratiladi”, — dedi Azamat To‘xtayev.

“Toshkentda Aleksandr Sergeyevich Pushkinni asrab-avaylashadi, o‘qishadi, hurmat qilishadi. Har yili 6-iyun kuni biz uning haykali oldida yig‘ilib, poyiga gullar qo‘yamiz, uning she’rlarini o‘qiymiz, u haqda so‘zlashamiz, uni yodga olamiz. Bu har doim O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, Rus milliy madaniy markazi, turli jamoat tashkilotlari, o‘quv muassasalari ishtirokida tashkil etiladi”, — dedi Rus milliy madaniy markazi raisi Aleksandr Aristov.

“Pushkin haykalining hozirgi joylashuvi unchalik ham qulay emas. U, birinchidan, avtomobillar oqimi katta bo‘lgan ikki yirik yo‘l kesishuvida joylashgan, maydonning o‘lchami esa unda katta tadbirlarni tashkil etish imkonini bermaydi. Vaholanki, bunday tadbirlar ko‘lami kattaroq bo‘lganda ajoyib ish bo‘lardi. Shu sababli ham biz haykalni aynan shu maqsadlar uchun qulay bo‘lgan boshqa joyga ko‘chirish iltimosi bilan hokimlikka murojaat qildik”, — dedi u.

“Taklifimizni qabul qilishdi. Haykalni Shota Rustaveli va Bobur ko‘chalari chorrahasiga ko‘chirish taklif qilinmoqda, ularning ikkisi ham buyuk adabiy namoyondalardir. Shunday qilib, Toshkentda ajoyib adabiy burchak paydo bo‘lmoqda. Bu yerda joy yetarli, sersoya, favvora ham bor… O‘ylashimcha, bu toshkentliklar va shahrimiz mehmonlari uchun yaxshi sovg‘a bo‘ladi”, — dedi Aleksandr Aristov.

Haykalni ko‘chirish ishlarini O‘zbekiston Mustaqilligi kunigacha (1-sentabr) yakunlash rejalashtirilgan. Pushkin haykalining hozirgi o‘rnida esa xiyobon saqlab qolinadi. 10-avgust, dushanba kuni soat 16:00 dagi axborotga ko‘ra, xiyobonda haykalni o‘rnidan olish bo‘yicha ishlar boshlangan.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.