» » Uorren Baffetning xoldingi o‘z tarixidagi eng yirik xaridni amalga oshirdi

Скачать Uorren Baffetning xoldingi o‘z tarixidagi eng yirik xaridni amalga oshirdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Uorren Baffetning xoldingi o‘z tarixidagi eng yirik xaridni amalga oshirdi

Milliarder Uorren Baffetning Berkshire Hathaway invest-xoldingi 32 milliard dollar evaziga aerokosmik va mudofaa sanoati uchun metall konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi Precision Castparts korporatsiyasini sotib oladi. “RBK”ning yozishicha, bu Baffet kompaniyasi tarixidagi eng katta xarid bo‘ladi.

Uorren Baffetning xoldingi o‘z tarixidagi eng yirik xaridni amalga oshirdi

 

The Wall Street Journal’ning qayd etishicha, Berkshire Hathaway xoldingi Precision Castparts aksiyalarining har birini 235 dollardan, ya’ni, 7-avgust, juma kungi savdolar yopilishi vaqtidagi narxdan (har bir aksiya uchun 193,88 dollar) 21 foizga ko‘proq mukofot puli bilan birga sotib oladi. Qarzlarni ham qo‘shib hisoblaganda, Precision Castparts Baffet uchun 37,2 milliard dollarga tushadi.

Berkshire Hathaway hozirning o‘zida Precision Castparts’ning 3 foiziga egalik qilmoqda. Savdo 2016-yilning birinchi choragida yakuniga yetishi kutilmoqda. Korporatsiya o‘z nomini saqlab qoladi.

Berkshire Hathaway xoldingi bozor qiymati 363 milliard dollarga teng bo‘lib, mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha u jahonda to‘rtinchi o‘rinda turadi. Kompaniya sug‘urta biznesi, temiryo‘l transporti, kommunal korxonalar, sanoat ishlab chiqarishi, uy-joy qurilishi, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va avtomobil savdosiga investitsiya kiritadi.

Precision Castparts aviasozlik sanoati, elektrostansiyalar va neft-gaz sohasi uchun butlovchi qismlar, quvurlar ishlab chiqaradi. Kompaniya bosh qarorgohi Oregon shtatining Portlend shahrida joylashgan.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.