» » Yanvar—iyulda Rossiyada GM Uzbekistan avtomobillarining sotilishi 55 foizga kamaydi

Yanvar—iyulda Rossiyada GM Uzbekistan avtomobillarining sotilishi 55 foizga kamaydi

2015-yilning yanvar—iyul oylarida GM Uzbekistan AJ QK Rossiyaga 12 029 ta avtomobil sotdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 55,2 foizga kam demakdir. Bu haqda Yevropa biznesi uyushmasi Avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasiga tayanib, UzDaily xabar berdi.

Yanvar—iyulda Rossiyada GM Uzbekistan avtomobillarining sotilishi 55 foizga kamaydi

 

Iyulda o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan savdo-sotiq hajmi 41 foizga kamayib, 1672 donagacha tushib ketdi.

2015-yilning yanvar—iyulida GM Uzbekistan AJ QKning Rossiya bozoridagi ulushi 1,3 foizni tashkil etdi, o‘tgan yilgi ko‘rsatkich esa 1,9 foizga teng bo‘lgan.

2015-yilning yetti oyi yakunlariga ko‘ra, GM Uzbekistan Rossiyada avtomobillar savdosi hajmi bo‘yicha 20-o‘rinni egalladi.

 



Manba: daryo.uz





Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.