» » Larri Peyj va Sergey Brin Google bazasida yangi kompaniya yaratdi

Larri Peyj va Sergey Brin Google bazasida yangi kompaniya yaratdi

Google asoschilari Larri Peyj va Sergey Brin yangi Alphabet xolding kompaniyasi yaratilgani haqida e’lon qildi, deya xabar bermoqda Meduza. Qidiruv tizimi unga tarkibiy qismlardan biri sifatidagina kiradi. Peyj aytishicha, bu Google aktivlarini boshqarish tuzilmasini tushunarliroq qiladi.

 

Larri Peyj va Sergey Brin Google bazasida yangi kompaniya yaratdi

 

Larri Peyjning o‘zi Alphabet’ning ijrochi direktori, Sergey Brin esa prezidenti bo‘ladi. Google’ni bevosita boshqarish ustidan nazorat kompaniya vitse-prezidenti Sundar Pichaiga o‘tadi.

AQSh birjasidagi yopilishdan keyingi savdolarda (after hours) Google aksiyalari besh foizga qimmatlashdi. Alphabet birjalarda Google o‘rnini egallaydi, eski kompaniya aksiyalari avtomatik tarzda yangi kompaniya aksiyalariga aylanadi.

 


Manba: daryo.uz









Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.