» » Walt Disney kompaniyasi Nagasaki qurbonlari xotirasi kunida Yaponiyani “tabrikladi”

Скачать Walt Disney kompaniyasi Nagasaki qurbonlari xotirasi kunida Yaponiyani “tabrikladi” в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Walt Disney kompaniyasi Nagasaki qurbonlari xotirasi kunida Yaponiyani “tabrikladi”

Walt Disney kompaniyasining Yaponiyadagi bo‘linmasi 9-avgust — Nagasaki shahriga atom bombasi tashlangan kunning 70 yilligi kunida o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida “Alisa mo‘jizalar mamlakatida” multfilmidagi qo‘shiq so‘zlarini qo‘ygani uchun ijtimoiy tarmoqlarning yaponiyalik foydalanuvchilari g‘azabiga uchradi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”

Walt Disney kompaniyasi Nagasaki qurbonlari xotirasi kunida Yaponiyani “tabrikladi”

 

Qayd etilishicha, ingliz tilida “Tug‘ilmagan kuning muborak bo‘lsin” (“A very merry unbirthday to you!”) ko‘rinishida bo‘lgan iqtibos yapon tilida “Ahamiyatsiz kun bilan tabriklaymiz” ma’nosini aks ettirgan. Xabarga Alisaning rasmi ilova qilingan.

Walt Disney kompaniyasi Nagasaki qurbonlari xotirasi kunida Yaponiyani “tabrikladi”

 

Yaponiyalik foydalanuvchilar ushbu tvitni haqorat sifatida qabul qilib, Walt Disney Japan kompaniyasini hissizlikda ayblagan. Bir necha soat ichida tvit “virus”ga aylangach, kompaniya uni o‘chirib yuborishga majbur bo‘lgan. Keyinroq Walt Disney Japan ushbu tvit uchun uzr so‘rab, endi e’tiborliroq bo‘lishga va’da bergan.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.