» » Germaniyada gadjetlarni boshqarish uchun “elektron teri” ishlab chiqishdi

Germaniyada gadjetlarni boshqarish uchun “elektron teri” ishlab chiqishdi

Germaniyada inson tanasini mobil qurilmalarni boshqarish uchun sensorli yuzaga aylantiruvchi datchikni o‘ylab topishdi, deya xabar bermoqda “Yevropeyskaya pravda”.

Germaniyada gadjetlarni boshqarish uchun “elektron teri” ishlab chiqishdi

 

 

iSkin deb nomlanuvchi tizim organik polimer asosida silikondan tayyorlangan, undagi datchiklar foydalanuvchi terisiga ulanadi, ular mobil qurilmalarni o‘z tanasi orqali boshqarishi mumkin bo‘ladi.

Tajribaviy tizim turli shakl va hajmlarda chiqariladi va barmoq, bilak, hatto quloqqa ham o‘rnatilishi mumkin.

Hozirgi prototiplar yordamida foydalanuvchilar kiruvchi qo‘ng‘iroqlarga javob berishi, musiqa qo‘yishi va ovoz balandligini boshqarishi mumkin.

 


Manba: daryo.uz









Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.