» » Ostonada qozoq-amirlik intellektual maktabi qurilmoqda

Ostonada qozoq-amirlik intellektual maktabi qurilmoqda

Abu Dabida Qozog‘istonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchisi Qayrat Sharif BAA prezidenti ma’muriyati rahbarining o‘rinbosari Ahmad Juma az-Zaabi bilan uchrashdi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar bermoqda.

Ostonada qozoq-amirlik intellektual maktabi qurilmoqda

 

Ikki tomon Qozog‘iston poytaxtida o‘zaro hamkorlikda “Ostona” xalqaro moliyaviy markazi va “Abu-Dabi Plaza” majmuasining bunyod etilayotgani mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalar mustahkamlanib borayotganidan dalolat ekanligini qayd etdi.

Shuningdek, shayx Xalifa nomidagi xayriya jamg‘armasi Ostona shahri ma’muriyati bilan birgalikda qozoq-amirlik intellektual maktabi qurilishini ham amalga oshirmoqda. Ushbu maktab bunyod etilishining taxminiy qiymati 13 million dollarni tashkil etadi.

 



Manba: daryo.uz









Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.