» » Li Kuan Yuning qizi otasining evtanaziyani amalga oshirish istagi haqida gapirib berdi

Li Kuan Yuning qizi otasining evtanaziyani amalga oshirish istagi haqida gapirib berdi

Singapurning birinchi bosh vaziri Li Kuan Yu o‘limidan avval evtanaziyani amalga oshirmoqchi bo‘lgan,deya xabar bermoqda The South China Morning Post.

Li Kuan Yuning qizi otasining evtanaziyani amalga oshirish istagi haqida gapirib berdi

 

Siyosatchining qizi Li Vey Ling so‘zlariga ko‘ra, otasi so‘nggi yillarda qiynalib yashagan. U evtanaziya masalasida shifokorlar bilan gaplashgan, biroq Singapurda bu taqiqlangani uchun ular bu haqda o‘ylab ko‘rishdan ham bosh tortgan. Shunda sobiq bosh vazir qiziga murojaat qilib, uni xorijga olib ketishini so‘ragan, biroq Li Vey Ling buni noqonuniy deb hisoblagani uchun otasining iltimosini rad etgan.

Eslatib o‘tamiz, mustaqil Singapurning birinchi bosh vaziri Li Kuan Yu 22-mart kuni uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 91 yoshida vafot etdi.

Singapur davlatining asoschisi beshinchi fevral kuni o‘tkir zotiljam kasalligi bilan shifoxonaga yotqizilgan edi. Bosh vazir matbuot xizmati 18-mart kuni Li Kuan Yuning ahvoli yomonlashgani haqida bayonot berdi.

Ma’lumot uchun, Li Kuan Yu Singapur hukumati tepasiga 1959-yilda kelgan bo‘lib, davlatni 1990-yilgacha uzluksiz boshqargan. Aynan uning davrida Singapur qashshoq davlatlar qatoridan chiqib, dunyoning moliyaviy markazlaridan biriga aylangan, aholi turmush darajasi bo‘yicha esa yuqori uchlikdan joy olgan.

 



Manba: daryo.uz









Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.