» » Ota-ona qizining so‘nggi tug‘ilgan kunini katta bayramga aylantirdi

Скачать Ota-ona qizining so‘nggi tug‘ilgan kunini katta bayramga aylantirdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Ota-ona qizining so‘nggi tug‘ilgan kunini katta bayramga aylantirdi

Lila Mey Shou — hayotdan xursand besh yoshli qizaloqlardan biri, biroq u o‘z tengdoshlaridan farq qiladi, deb yozadi “Adme.ru”.

Ota-ona qizining so‘nggi tug‘ilgan kunini katta bayramga aylantirdi

 

Gap shundaki, go‘dak uch yildan beri saraton o‘simtasiga qarshi kurashib keladi. Afsuski, bu muvaffaqiyatsiz kurash. Yaqinda qizaloqning, katta ehtimol bilan, hayotidagi so‘nggi tug‘ilgan kuni bo‘lib o‘tdi va uning ota-onasi bu kunni bayramga aylantirdi.

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, qizchaning kuchsiz organizmi kimyoviy yo‘l bilan davolashga ortiq bardosh bera olmaydi, Lila Mey uzog‘i bilan Shukronalik kuniga qadar yashashi mumkin.

Ota-ona qizining so‘nggi tug‘ilgan kunini katta bayramga aylantirdi

 

Ota-ona o‘z qizining so‘nggi tavallud kunini yoddan chiqmas voqeaga aylantirish maqsadida Facebook’da maxsus guruh tashkil qilib, bu yerda o‘z kechmishini hikoya qildi.

Ota-ona qizining so‘nggi tug‘ilgan kunini katta bayramga aylantirdi

 

Rayan va Haydiga mahalliy ishbilarmonlar, ko‘ngillilar va shunchaki bu holatga befarq bo‘lmagan insonlar yordam qo‘lini cho‘zdi. 31-iyul kuni ajoyib oqshom tashkil etildi.

Ota-ona qizining so‘nggi tug‘ilgan kunini katta bayramga aylantirdi

 

Qizaloq hech qachon bitiruv oqshomi yoki to‘yda ishtirok eta olmasligi sabab, bu bayram barcha muhim tadbirlarni o‘zida birlashtirdi.

Ota-ona qizining so‘nggi tug‘ilgan kunini katta bayramga aylantirdi

 

Barcha xarajatlar mamlakatning turli burchaklaridan yuborilgan xayriya pullari hisobiga qoplandi.

 

Ota-ona qizining so‘nggi tug‘ilgan kunini katta bayramga aylantirdi

 

Bayramda Lila Kuloyim (Zolushka) bo‘ldi, uning atrofida esa Disney studiyasi filmlarining qolgan malikalari parvona bo‘ldi.

Ota-ona qizining so‘nggi tug‘ilgan kunini katta bayramga aylantirdi

 

Bayramda, qizaloq o‘z hayotida hech qachon ko‘rmaydigan holatlarni his qilishi uchun, Rayan qizining “qo‘lini so‘radi” va u bilan haqiqiy to‘y raqsiga tushdi.

Ota-ona qizining so‘nggi tug‘ilgan kunini katta bayramga aylantirdi

 

“Ko‘plab odamlarning ko‘magisiz biz uning salomatligi uchun bu qadar uzoq kurasha olmasdik hamda bu bayramni uyushtira olmasdik. Hammaga rahmat! Bularning bari bir qizchaning tabassumi uchun amalga oshirildi”, — dedi Rayan.

Ota-ona qizining so‘nggi tug‘ilgan kunini katta bayramga aylantirdi

 

Va qizaloq tabassum qildi.

Ota-ona qizining so‘nggi tug‘ilgan kunini katta bayramga aylantirdi

 

 

Manba: daryo.uz

 

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.